"Qarz Daftar" — qarz va nasiya hisobi: qarzdorlarga avtomatik SMS va qo'ng'iroq eslatmalari
Qog'oz daftar o'rniga — iOS, Android va brauzerda ishlaydigan tizim: qarz va nasiya hisobi, kassa, ombor, xodimlar hamda qarzdorlarga jadval bo'yicha avtomatik yuboriladigan SMS va telefon eslatmalari.
Muammo: nasiya savdo qog'oz daftarda
O'zbekistondagi ko'plab do'kon va savdo nuqtalarida nasiya savdo hali ham qo'l daftarida yuritiladi. Oqibati tanish: daftar yo'qoladi, yozuvni o'qib bo'lmaydi, kim qancha qarzdorligi haqida bahs chiqadi, muddati o'tgan qarzlar esa oddiygina unutiladi.
"Qarz Daftar" loyihasi shu muammodan boshlangan edi. Bugun u faqat qarz daftari emas — savdo nuqtasi uchun to'liq hisob-kitob tizimiga aylandi.
Yechim: cho'ntakdagi hisob-kitob tizimi
Ilova iOS va Android uchun native texnologiyalarda yozilgan, bundan tashqari brauzer uchun veb-kabinet ham bor — bitta akkaunt, uchta platforma. Ma'lumotlar bulutda saqlanadi, internetsiz kiritilgan yozuvlar esa aloqa tiklanishi bilan avtomatik sinxronlanadi.
Do'kon egasi mijozlar va qarzlarni yuritadi, kassirlarni ishga taklif qiladi va ularning har bir yozuvidan bildirishnoma orqali xabardor bo'ladi. PRO obuna esa ustiga kassa, ombor, nasiya to'lov jadvali va xodimlar hisobini qo'shadi.
Yangilik: qarzdorlarga avtomatik SMS va qo'ng'iroq
Loyihaning eng katta yangiligi — eslatmalar endi qo'lda emas, avtomatik yuboriladi.
- SMS eslatma. Server tomonidagi rejalashtiruvchi qarzlarni har kuni tekshiradi va siz belgilagan jadval bo'yicha mijozga SMS yuboradi — matnga ism va summa avtomatik qo'yiladi.
- Telefon qo'ng'irog'i. SMS o'qilmagan holatlar uchun ikkinchi kanal: ilova qarzdorga o'zi qo'ng'iroq qilib, eslatmani ovozda yetkazadi. Qo'ng'iroq natijasi — javob berildimi, qancha davom etdi — keyinroq avtomatik yangilanadi.
- Har bir mijoz uchun alohida sozlash: doimiy mijozga eslatma yubormaslik, muammoli mijozga esa zichroq jadval qo'yish mumkin.
- To'liq hisobot: kimga qachon SMS ketgani va kimga qo'ng'iroq qilingani ro'yxatda saqlanadi.
- Ikkala kanal ham alohida paketlar sifatida ulanadi; sarflangan va qolgan limit ilovada ko'rinib turadi.
Ilovaning imkoniyatlari
Bepul qismda:
- mijozlar va qarzlar hisobi, qarz muddati va "Muddati o'tgan" bo'limi;
- mijozlarni papkalarga ajratish, muhimlarini ro'yxat tepasiga qadash, telefon kontaktlaridan qo'shish;
- kirill va lotin yozuvini tushunadigan qidiruv, ism/summa/sana bo'yicha saralash;
- ikki valyuta — so'm va dollar, balanslari alohida;
- qarzga surat biriktirish (chek, tilxat, shartnoma) va mijoz haqida eslatmalar;
- statistika: umumiy qarz, eng katta qarzdorlar, uzoq to'lamayotganlar, davr bo'yicha grafik;
- PDF va Excel (CSV) hisobot, PIN-kod hamda Face ID / barmoq izi bilan himoya;
- do'kon va kassirlar, kassir yozuvi bo'yicha bildirishnoma;
- iPhone, Android va brauzerda bitta akkaunt bilan ishlash.
PRO obunada:
- kassa — kunlik kirim va chiqim;
- nasiya — to'lov jadvali bilan;
- mahsulotlar va ombor, qoldiqlar avtomatik hisoblanadi;
- shtrix-kod skaneri va yorliqlarni chop etish;
- sotuvlar, PDF hisob-faktura va yuk xati, ombor kirimi hujjati;
- yetkazib beruvchilar va ular bilan hisob-kitob;
- xodimlar — oylik, avans, hisob-kitob;
- qarzga ovozli eslatma, cheksiz do'konlar va yuqori sifatli suratlar.
PRO'ni 7 kun bepul sinab ko'rish mumkin.
Texnologiyalar
- iOS — Swift va SwiftUI, lokal SQLite bazasi, StoreKit orqali obuna.
- Android — Kotlin va Jetpack Compose, Google Play Billing.
- Veb-kabinet — brauzerdan bir xil ma'lumotlar bilan ishlash.
- Server — Laravel: REST API, boshqaruv paneli, push-bildirishnomalar, obunalarni App Store va Google Play tomonida tekshirish.
- Avtomatik eslatmalar — jadval bo'yicha ishlaydigan konsol buyruqlari, SMS shlyuzi va ovozli qo'ng'iroq xizmati bilan integratsiya, qo'ng'iroq holatlarini keyinchalik sinxronlash.
- Offline-first arxitektura — yozuv avval telefonda saqlanadi, keyin bulut bilan sinxronlanadi.
- Ma'lumotlar xavfsizligi — bazaning kunlik avtomatik zaxira nusxasi, ilova ichida PIN va biometrik himoya.
Ilovani yuklab olish
"Qarz Daftar" — App Store va Google Play'da
Dasturchi xizmatlari (Toshkent va O'zbekiston bo'ylab)
Agar sizga ham biznesingizni raqamlashtirish uchun shunday sifatli mobil ilova yoki veb-sayt kerak bo'lsa, hamkorlikka taklif qilaman. Men Toshkentda faoliyat yurituvchi, ko'p yillik tajribaga ega Full Stack dasturchiman.
Mening xizmatlarim:
- Mobil ilovalar: iOS (Swift, SwiftUI), Android (Kotlin, Jetpack Compose), native va kross-platforma yechimlar.
- Telegram ekotizimi: murakkab botlar, Telegram Mini App va Web App (TMA).
- Web dasturlash: veb-saytlar, onlayn kataloglar, internet do'konlar, CRM va ERP tizimlari, parserlar.
- Texnik integratsiyalar: API integratsiyalari, to'lov tizimlari (Payme, Click, Uzum va h.k.), DevOps va serverlarni qo'llab-quvvatlash.